/ Siyoh kartrijlarini almashtirish / Siyoh kartrijlarini almashtirish (Siyoh chirog‘i o‘chiq bo‘lganda)

Siyoh kartrijlarini almashtirish (Siyoh chirog‘i o‘chiq bo‘lganda)

Diqqat:

Skaner qurilmasi qopqog‘ini ochganda yoki yopganda qo‘llaringiz yoki barmoqlaringizni qisib olmaslik uchun ehtiyot bo‘ling. Aks holda jarohat olishingiz mumkin.

Eslatma:

Agar nusxa ko‘chirish vaqtida siyog kartrijlarni almashtirsangiz, asl nusxalar joyidan surilib ketishi mumkin. Bekor qilish uchun tugmasini bosing va asl nusxalarni almashtiring.

  1. Hujjat qopqog‘i yopilgan holda skaner qurilmasi qopqog‘ini oching.

  2. tugmasini 10 soniya bosib turing.

    Siyoh kartridji ushlagichi almashtirish holatiga siljiydi.

    Eslatma:

    Siyoh kartrijini almashtirishni bekor qilish uchun siyoh kartrijini o‘rnatilgan holda qoldiring va printerni o‘chiring.

  3. Qora siyoh kartrijini almashtirganda yangi qora siyoh kartrijini to‘rt yoki besh marta astalik bilan silkiting va keyin uni qadog‘idan chiqarib oling. Boshqa rangdagi siyoh kartrijlarini almashtirganda yangi kartrijlarni silkitmasdan qadog‘idan chiqarib oling.

    Muhim:

    Qadoqni ochgandan keyin kartridjlarni silkitmang, chunki siyoh oqib ketishi mumkin.

  4. Faqatgina sariq tasmani olib tashlang.

    Muhim:

    Rasmda ko'rsatilgan bo'limlarga tegmang. Bunday qilish me'yorida ishlash va chop qilishga zarar yetkazishi mumkin.

  5. Siyoh kartrijidagi trimmerni siqing va uni tekis holda yuqoriga torting. Agar siyoh kartrijini ola olmasangiz, uni mahkam tortring

  6. Yangi siyoh kartrijini soling va keyin uni mahkam pastga bosing.

  7. Skaner qurilmasini yoping.

  8. tugmasini bosing.

    Siyoh uzatish boshlanadi.

    Muhim:

    Siyoh kartrijini o‘rnatgandan keyin printer siyoh bilan to‘ldirilayotgan vaqtda quvvat va siyoh chirog‘i miltillashda davom etadi. Siyoh bilan to‘ldirilayotgan vaqtda printerni o‘chirmang. Siyoh to‘ldirish taxminan ikki daqiqa vaqtni oladi. Agar siyoh bilan to‘ldirish tugallanmagan bo‘lsa, chop qila olmasligingiz mumkin.

    Eslatma:

    Agar chirog‘i o‘chmasa, siyoh kartrijini olish va qaytadan solishga urinib ko‘ring.