Bir nechta faylni birgalikda chop qilish (faqat Windows uchun)
Poster yaratish uchun bitta tasvirni bir nechta varaqqa chop qilish (faqat Windows uchun)
Printerga texnik xizmat ko'rsatish
Chop qilishdagi chaplanish, vertikal chiziqlar yoki notengliklar
Hoshiyasiz chop qilish vaqtida tasvirlarning qirralari qirqib tashlanayapti
Chop qilingan materialning holati, o'lchamlari yoki hoshiyalari noto'g'ri
Ko'chirlgan tasvirda notekis ranglar, dog'lar, nuqtalar yoki to'g'ri chiziqlar paydo bo'layapti
Nusxa olingan tasvirda Muar (To'r) namunalari paydo bo'layapti
Asl nusxaning orqa tarafi tasviri nusxa ko'chirilgan tasvirda ko'rinayapti
Qog'oz bilan berilgan ko'rsatmalar varaqlarini o'qib chiqing.
Solishdan avval qog'oz qirralarini yelpig'ich qiling va tekislang. Fotoqog'ozlarni yelpig'ich qilmang yoki egmang. Bunday qilish chop qiladigan tomonni shikastlashi mumkin.

Agar qog'oz egilgan bo'lsa, solishdan avval uni tekislang yoki teskari yo'nalishda eging. Egilgan qog'ozga chop qilish qo'gozning tiqilib qolishi yoki chop qilingan narsalarning chaplanib ketishiga olib kelishi mumkin.

To'lqinsimon, yirtilgan, qirqilgan, buklangan, xaddan tashqari qalin, xaddan tashqari yupqa yoki stikerlar yopishtirilgan qog'ozdan foydalanmang. Bunday turdagi qog'ozlardan foydalanish qo'gozning tiqilib qolishi yoki chop qilingan narsalarning chaplanib ketishiga olib kelishi mumkin.
Solishdan avval konvert qirralarini yelpig'ich qiling va tekislang. Taxlangan konvertlar havo bilan pudalganda solishdan avval ularni tekislash uchun pastga bosing.

Egilgan yoki bukilgan konvertlardan foydalanmang. Bunday konvertlardan foydalanish qo'gozning tiqilib qolishi yoki chop qilingan narsalarning chaplanib ketishiga olib kelishi mumkin.
Yopqich tomonlari yopishqoq sirtga ega bo'lgan yoki oynali konvertlardan foydalanmang.
Xaddan tashqari yupqa konvertlardan foydalanmang, chunki ular chop qilish vaqtiga egilib ketishi mumkin.